Foto: Getty Images
Rossiyaning “Spartak” klubi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. “Qizil-oqlar” 28 yoshli futbolchini Rossiya chempionatiga qaytarishga urinib ko‘rmoqchi.
Hozirda “Roma” a’zosi bo‘lgan Eldor RPLga qaytishni rejalashtirmayotgani xabar qilingan. O‘zbekistonlik futbolchi Turkiya chempionatidan taklif tushsa, uni qabul qilishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2017 yildan 2020 yilga qadar “Rostov” safida harakat qilgan.
Eldor Shomurodov 2022/23 yilgi mavsumni “Spetsiya” safida ijara asosida o‘ynagan. Futbolchining “Roma” bilan shartnomasi 2026 yilda o‘z nihoyasiga yetadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar