22:12 / 06.07.2023
166

"Neftchi" Sharof Muhitdinovning transferini e’lon qildi

"Neftchi" Sharof Muhitdinovning transferini e’lon qildi

"Neftchi" klubi bugun yangi transferini e’lon qildi. Unga ko‘ra, iqtidorli yarim himoyachi Sharof Muhitdinov farg‘onaliklar a’zosiga aylandi.

Sharof Muhiddinov 1997 yil 14 aprelda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Yarim himoyachi ampluasida harakatlanadigan Sharof Muhiddinov "Nasaf" futbol klubidagi faoliyati orqali muxlislarga tanish bo‘lib ulgurgan.

Qarshiliklar safida 77 uchrashuvda 23 gol urishga erishgan futbolchi Toshkentning "Paxtakor" hamda Eronning "Sanat Naft" jamoalarida ham faoliyat olib borgan.

Shuningdek, futbolchi O‘zbekiston terma jamoasining turli toifalarida to‘p surgan. Hozirgi kunda milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Sharof Muhiddinov "Neftchi"ga erkin agent maqomida qo‘shildi.

"Neftchi" matbuot xizmati.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Neftchi" Sharof Muhitdinovning transferini e’lon qildi