date

Evro-2016: Fransiya Grizmanning dubli evaziga Irlandiyani engib, chorak finalga chiqdi

Evro-2016: Fransiya Grizmanning dubli evaziga Irlandiyani engib, chorak finalga chiqdi

Bugun Lion shahridagi Stad de Lion stadionida Evropa chempionati nimchorak finali doirasida turnir mezbonlari Fransiya terma jamoasi Irlandiyaga qarshi o‘yin o‘tkazdi.

O‘yinning ilk daqiqasidayoq Pol Pogba Shey Longga nisbatan qoida buzdi va hakam penalti belgiladi. Penaltini Breydi aniq amalga oshirdi, hisob 1:0.

Ikkinchi bo‘limda esa Antuan Grizmann 2 ta gol urib, fransuzlarga g‘alaba keltirdi.

O‘yinning 66-daqiqasida irlandiyaliklar himoyachisi Daffi qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Evro-2016. 1/8 Final.
Fransiya – Irlandiya 2:1
Gollar: 0:1 – 2, penalti Breydi, 1:1 – 57 Grizmann, 2:1 – 61 Grizmann.
Fransiya – Loris, Rami, Evra, Sanya, Koselni, Matyuidi, Kante (Koman, 46; Sissoko, 90), Payet, Pogba, Grizmann, Jiru (Jinyak, 74).
Irlandiya – Rendolf, Kio, Uord, Koulmen, Daffi, Breydi, Makkarti (Xulaxan, 72), Xendrik, Makkleyn (O′Shi, 69), Long, Merfi (Uolters, 65).
Ogohlantirishlar: Koulmen (25), Kante (27), Xendrik (41), Rami (44), Long (72).
Chetlatish: Daffi (66).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Evro-2016: Fransiya Grizmanning dubli evaziga Irlandiyani engib, chorak finalga chiqdi