21:45 / 09.07.2023
235

"Paxtakor" Germaniyada tug‘ilgan 19 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi

"Paxtakor" Germaniyada tug‘ilgan 19 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Toshkentning "Paxtakor" klubi yosh iqtidorli futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi.

Germaniya hamda Qirg‘iziston fuqaroligiga ega bo‘lgan 19 yoshli Kimi Merk "sherlar" safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilishi kutilmoqda. Ma’lumot uchun, u hujumkor yarim himoyachi hisoblanadi.

Qayd etish lozim, u Germaniyaning "Kayzerslatern" klubining yoshlar jamoasida to‘p tepgan, ammo asosiy jamoa safida debyut qilmagan.

Futbolchi ayni dam tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Tez orada klub bu transferni rasman e’lon qilishi kutilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" Germaniyada tug‘ilgan 19 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi
ePN