11:15 / 10.07.2023
160

Shohjahon Ergashevda jarohat borligi ma’lum bo‘ldi, u o‘tish jangi so‘ramoqda

Shohjahon Ergashevda jarohat borligi ma’lum bo‘ldi, u o‘tish jangi so‘ramoqda

Professional boksning super yengil vazn toifasida IBF chempionlik kamarini uchun amaldagi chempion Sabriyel Matias va hamyurtimiz Shohjahon Ergashev jangi buyurilgan edi. Ergashev hozirda AQSHda mashg‘ulotlar olib bormoqda. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida jarohati borligi va bitta o‘tish jangi so‘raganini ma’lum qildi.

"Raqibim chempionlik jangimizdan avval yana bitta so‘radi. Men ham bitta jang tushsam yaxshi bo‘lar edi. 1 yil bo‘ldi jang o‘tkazmadim, bu katta vaqt men uchun. Bugun promouterdan jang so‘radim.

Nima deb o‘ylaysiz? Bitta jang o‘tkazib olsam sizningcha fikringiz? Oyog‘imdan olgan jarohatim bor, sal bo‘lsa ham tiklanish bo‘lardi", - deb yozgan Ergashev.

Chempion Sabriyel Matias sobiq jahon chempioni Sergey Lipines bilan muzokaralar olib borayotgan edi. Ushbu bahs avgust oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Katta ehtimol bilan shundan so‘ng jang g‘olibi va Ergashev o‘rtasida bahsni ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashevda jarohat borligi ma’lum bo‘ldi, u o‘tish jangi so‘ramoqda