Italiya Ispaniyani yengib, chorak finalga yo‘l oldi


Yevropa chempionatining nimchorak finali doirasidagi markaziy uchrashuvlardan biri Italiya va Ispaniya o‘rtasida o‘tkazildi.
Uchrashuvning 33-daqiqasida David de Xea Ederning zarbasini qaytardi, qaytgan to‘pga Emanuele Jakkerini yetib keldi, darvozabon uning yo‘liga chiqdi, lekin to‘pni olib qo‘ygan Kyellini uni darvozaga kiritib yubordi.
O‘yin teng kurashlar ostida kechdi. Lekin Ispaniya vaziyatni o‘zgartira olmadi.
Oxirgi daqiqalarda esa Antonio Konte shogirdlari qarshi hujumda ikkinchi golni urishdi. Gratsiano Pelle yakuniy natijani o‘rnatdi - 2:0.
Ispaniya keyingi 16 yil ichida ilk marta Yevropa chempionati pley-off bosqichida mag‘lubiyatga uchradi.
Chorak finalga chiqqan Italiyaning keyingi raqibi Germaniya bo‘ladi.
Italiya – Ispaniya 2:0
Gollar: 1:0 – 33 Kyellini, 2:0 – 90 Pelle.
Italiya – Buffon, Bonuchchi, Kyellini, De Shilo, Barzali, Parolo, Florensi (Darmian, 84), de Rossi (Motta, 54), Jakkerini, Pelle, Eder (Insinye, 82).
Ispaniya – De Xea, Pike, Alba, Xuanfran, Ramos, Inyesta, Buskets, Silva, Fabregas, Nolito (Aduris, 46; Pedro, 81), Morata (Vaskes, 70).
Ogohlantirishlar: De Shilo (23), Nolito (40), Pelle (54), Motta (89), Buskets (89).































Izohlar 0
…