12:28 / 17.07.2023
208

Messining taqdimot marosimi shouga aylanib ketdi (video)

Messining taqdimot marosimi shouga aylanib ketdi (video)

Argentinalik hujumchi Lionel Messi AQShning «Inter Mayami» futbol klubi muxlislariga tanishtirildi. Noqulay ob-havoga qaramay, stadion muxlislar bilan to‘ldi.

36 yoshli argentinalik yulduzning taqdimot marosimida klub rahbarlaridan biri Devid Bekxem va bosh murabbiy Xerardo Martino ishtirok etishdi. Lionel Messining taqdimot marosimi Mayamidagi noqulay ob-havo tufayli bir yarim soat kechikib boshlandi.

Argentina terma jamoasi sardori «Inter Mayami»  bilan 2025 yilning 31 dekabriga qadar shartnoma imzoladi, uning maoshi har xil bonuslarni hisobga olgan holda mavsum uchun 60 million dollargacha bo‘ladi. Leo yangi klubida 10-raqamda o‘ynaydi.

«Inter Mayami» bu kechada 2025 yilgacha shartnoma imzolagan ispaniyalik Serxio Busketsni ham tanishtirdi.

Messi va Busketsning yangi klubidagi debyuti 21 iyul kuni Liga kubogi Meksikaning «Kruz Azul» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messining taqdimot marosimi shouga aylanib ketdi (video)