08:34 / 18.07.2023
160

Ronaldu: "Saudiya chempionati MLSdan yaxshiroq"

Ronaldu: "Saudiya chempionati MLSdan yaxshiroq"

"An-Nasr" o‘rtoqlik bahsida "Selta"ga qarshi maydonga tushib, 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdan keyin Krishtianu Ronaldu jurnalistlarning ayrim savollariga javob berdi.

"Men uchun Yevropa futbolining eshigi yopiq. Hozir 38 yoshdaman va Yevropa ham o‘z sifatini yo‘qotdi. Faqatgina APL kuchli. Bu chempionat boshqalardan ancha oldinda".

"Mening Saudiyaga tashrifim boshqa futbolchilarning ham bu yerga kelishi uchun 100 foiz muhim bo‘ldi. Bu fakt. Men "Yuventus"ga o‘tmasimdan oldin A Seriya o‘lgandi. Turinliklar bilan shartnoma imzolaganimdan keyin chempionat qayta tiklandi. Ronaldu qayerga bormasin, katta qiziqish uyg‘ota oladi".

"Saudiya chempionati MLSdan yaxshiroq. Men Saudiyaga yo‘l ochdim. Endi hamma bu yerga kelmoqda", - dedi portugaliyalik hujumchi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu: "Saudiya chempionati MLSdan yaxshiroq"