date

«PSJ» Unay Emerini rasman yangi bosh murabbiy etib tayinladi

«PSJ» Unay Emerini rasman yangi bosh murabbiy etib tayinladi

«PSJ» jamoasi «Sevilya» bosh murabbiyi bilan 2 yillik shartnoma tuzdi. Keyinroq bu shartnoma yana 1 yil muddatga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda jamoa rasmiy saytida ma’lum qilindi, deyiladi "Kun" nashrida.

Parijliklar murabbiy uchun andalusiyaliklarga tovon puli sifatida 1,5 million evro to‘lagan. Emerining ispanlar jamoasi bilan shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar tuzilgandi.

Ushbu 44 yoshli mutaxassis shu vaqtgacha «Almeriya», «Valensiya», «Spartak» jamoalarida ham ishlagan, «Sevilya» bilan 2013 yildan buyon qatorasiga 3 marta Evropa Ligasida g‘olib bo‘ldi.

26 iyun kuni «PSJ» Loran Blanni bosh murabbiylikdan iste’foga chiqardi. O‘zaro shartnomaning bir tomonlama buzilishi evaziga murabbiyga 22 million evro tovon puli beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «PSJ» Unay Emerini rasman yangi bosh murabbiy etib tayinladi