22:40 / 18.07.2023
251

Maksim Shatskix: "Jamoalar azaldan prinsipial raqib bo‘lishgan"

Maksim Shatskix: "Jamoalar azaldan prinsipial raqib bo‘lishgan"

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskix uchrashuvdan oldingi fikrlari bilan bo‘lishdi.

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo‘lishsangiz. Qishda bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda "Paxtakor" g‘alaba qozongan edi.

- Bo‘lajak bahs birinchisidan qolishmaydi degan umiddaman. "Qayrat" yaxshi jamoa va kuchli raqib. Ular o‘z maydonida o‘ynashmoqda va g‘alaba qozonishga harakat qilishlari aniq. Biz esa hozirda mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Ertangi o‘yin qiziq bo‘lishiga ishonchim komil, sababi jamoalar azaldan prinsipial raqib hisoblanishadi.

- Jamoa mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytib o‘tdingiz. Ertangi uchrashuvda, taktik o‘zgarishlarga qo‘l urib, yangi futbolchilarni sinab ko‘rasizmi yoki natija ko‘proq muhim bo‘ladimi?

- Natija birinchi o‘rinda emas, lekin bu biz yarim kuch bilan o‘ynashimizni anglatmaydi. Har doim maksimum salohiyatimizni ishga solishimiz kerak. Oldinda bizni qiyin jadval kutib turibdi. Avgust oyida 9ta uchrashuvda qatnashishimiz kerak bo‘ladi. Ertangi uchrashuvga yigitlar tayyor bo‘lishi kerak.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Jamoalar azaldan prinsipial raqib bo‘lishgan"