07:00 / 23.07.2023
284

«PSJ» Mbappeni transferga qo‘ydi

«PSJ» Mbappeni transferga qo‘ydi

Foto: Getty Images

Insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, Parij klubi futbolchining jamoani 2024 yilda erkin agent sifatida tark etish qaroridan kelib chiqib, uni transferga qo‘yishga qaror qilgan.

L'Equipe xabariga ko‘ra, Mbappe kelishuvni uzaytirmasa yoki shu yozdayoq boshqa klubga o‘tishni istamasa, «PSJ» rahbariyati 24 yoshli fransuzni transfer oynasi yopilguncha tarkibdan vaqtinchalik chetlatish masalasini ko‘rib chiqmoqchi.

Qayd etilishicha, Kilian bo‘yicha allaqachon bir necha klubdan taklif tushgan.

Avvalroq, «PSJ» Mbappeni Yaponiyadagi turnega boradigan tarkibdan olib tashlagani ma’lum qilingandi. Futbolchi 2024 yil erkin agent sifatida «Real»ga o‘tishni rejalashtirgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «PSJ» Mbappeni transferga qo‘ydi