date

Evro-2016. Portugaliya penaltilar seriyasida Polshani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

Evro-2016. Portugaliya penaltilar seriyasida Polshani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan Evropa chempionatining dastlabki yarim finalchisi nomi ma’lum bo‘ldi.

Qiziqarli va murosasiz o‘tgan bellashuvda Portugaliya terma jamoasining omadi keldi.

Aslida uchrashuvda hisobni "Bavariya" hujumchisi Levandovski ikkinchi daqiqidayoq ochgan edi. Biroq oradan yarim soat o‘tgach, Sanshesh hisobni tenglashtirdi.

Ana shu hisob o‘yinning oxiriga qadar saqlanib qoldi va navbat penaltilar seriyasiga etib keldi. "Futbol lotoreyasi"da esa Portugaliyaning omadi chopdi.

Shu tariqa, Ronaldu jamoadoshlari yarim finalga yo‘l olgan dastlabki terma jamoaga aylandi.

Polsha – Portugaliya 1:1 (1:1, 0:0, 0:0, 0:0), po penalti - 3:5
Gollar
: 1:0 – 2 Levandovski, 1:1 – 33 Sanshesh.
Polsha – Fabianski, Glik, Endjeychik, Pishchek, Pazdan, Blashchikovski, Krыxovyak, Monchinski (Yodloves, 98), Grosiski (Kapustka, 82), Levandovski, Milik.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Elizeu, Soaresh, Fonte, Sanshesh, Vilyam Karvalyu (Danilu Pereyra, 96), Nani, Adrien Silva (Moutinyu, 74), Joau Mariu (Kuarejma, 80), Ronaldu.
Penaltilar seriyasi
1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4, 3:5.
Ogohlantirishlar: Endjeychik (42), Glik (66), Adrien Silva (70), Kapustka (89), Vilyam Karvalyu (90).

Manba: www.fut.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Evro-2016. Portugaliya penaltilar seriyasida Polshani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi