20:35 / 27.07.2023
737

JCH-2026 taqvimi: Osiyoga berilgan 8+1 yo‘llanma qanday taqsimlanadi?

JCH-2026 taqvimi: Osiyoga berilgan 8+1 yo‘llanma qanday taqsimlanadi?

2026 yilda AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga Osiyo mintaqasidan 8+1 yo‘llanma ajratilgan. Xo‘sh, bu yo‘llanma qanday taqsilmanadi? To‘rt bosqichdan iborat saralash o‘yinlari qaysi sanalarda o‘tkaziladi? Barcha savollarga kichik matn orqali javob beramiz.

Birinchi saralash bosqichida FIFA reytingining eng quyi qismida borayotgan 22 ta milliy jamoa qur’a yordamida 11 ta juftlikka ajratiladi va uy-safar tizimida o‘zaro bellashadi. G‘oliblar ikkinchi bosqichga yo‘l oladi.

Muddat: Bu bosqich 2023 yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Ikkinchi bosqichda 36 ta milliy jamoa ishtirok etadi (FIFA reytingidagi eng yaxshi 25 jamoa + birinchi saralash bosqichining 11 g‘olibi). Ular 4 ta jamoadan iborat 9 ta guruhga bo‘linadi. O‘yinlar ikki davrali tizimda o‘tkaziladi. Har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan milliy jamoalar (jami 18 ta) uchinchi bosqichga yo‘l oladi. Bu termalar bir vaqtning o‘zida "Osiyo kubogi-2027" yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘ladi.

Muddat: 2023 yilning noyabr oyida 2 ta, 2024 yil mart oyida 2 ta va 2024 yil iyun oyida 2 ta o‘yin o‘tkaziladi.

Hozirgina yakuniga etgan qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston "Е" guruhida Eron, Turkmaniston va Gongkong / Butan termalariga qarshi kurash olib boradi. Ushbu guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar saralashning uchinchi bosqichiga yo‘l oladi. Bu deyarli saralashning final bosqichi!

Uchinchi bosqichda milliy jamoalar 6 ta jamoadan iborat 3 ta guruhga bo‘linadi. O‘yinlar ikki davrali tizimda o‘tkaziladi. Har bir guruhdan dastlabki ikki o‘rinni egallagan milliy jamoalar (jami 6 ta) "JCh-2026" yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Muddat: 2024 yil sentyabr — 2025 yil mart.

To‘rtinchi bosqichda qolgan 2 ta yo‘llanma va qit’alararo pley-offdagi 1 ta yo‘llanma o‘ynaladi. Unda uchinchi bosqich guruhlarida uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoalar (jami 6 ta) 3 ta ishtirokchidan iborat 2 ta guruhga ajratiladi. Guruh g‘oliblari "JCh-2026" yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan milliy jamoalar esa qit’alararo pley-off yo‘llanmasi uchun kurashadi. Bunda g‘olib chiqqan jamoa boshqa qit’a termasi bilan "JCh-2026" yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Muddat: Ushbu saralash bosqichi + qit’alararo pley-off yo‘llanmasi uchun o‘yin markazlashgan holda 2025 yilning noyabr oyida o‘tkaziladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2026 taqvimi: Osiyoga berilgan 8+1 yo‘llanma qanday taqsimlanadi?
ePN