14:43 / 28.07.2023
223

Yorqin Nazarov: Baqoyev futbol 90 daqiqa o‘ynalishini ko‘rsatib qo‘ydi

Yorqin Nazarov: Baqoyev futbol 90 daqiqa o‘ynalishini ko‘rsatib qo‘ydi

Superliga 14-turidan o‘rin olgan “Buxoro” – “Turon” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Turon”ning mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdik. Hisob 2:0 bo‘lgach, g‘alabaga erishdek deb xotirjamlikka berildik. Baqoyev bir nechta o‘zgarishlarni amalga oshirib, futbol 90 daqiqa o‘ynalishini ko‘rsatib qo‘ydi. So‘nggi daqiqada omadimiz kelib g‘alaba qozondik.

Jangovar bahs guvohi bo‘ldik. Qizil kartochkadan so‘ng mezbonlar biroz qiynalishdi. Yigitlar ko‘rsatmalarni deyarli to‘liq bajarishdi. Ligada jon saqlab qolish uchun kurashyapmiz va har bir bellashuvda bizga 3 ochko zarur. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsam, bugun g‘alabani kutmagan edim. Boisi, jamoa yangidan tashkil etildi va yigitlar ham hali yosh.

Penalti bo‘lgan vaziyatda men uzoqda edim. Hakam 11 metrli jarima zarbasi belgiladimi, demak kontakt bo‘lgan.

Jumanqo‘ziyev jamoamiz safiga so‘nggilardan bo‘lib qo‘shildi. “Rubin” bilan kechgan uchrashuvlarda uni maydonga tushirdik. Bugun ham yaxshi harakat qildi. Tez, chaqqon futbolchi. Uning ustun jixatlaridan to‘g‘ri foydalanishga harakat qilamiz”, – dedi Nazarov.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yorqin Nazarov: Baqoyev futbol 90 daqiqa o‘ynalishini ko‘rsatib qo‘ydi
ePN