Tojikistonda bo‘lib o‘tayotgan "CAFA Futsal Cup 2023" musobaqasi doirasidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz musobaqani yirik g‘alaba bilan yakunlashdi. Lekin, bu natija bizga hatto ikkinchi o‘rinni olishimiz uchun ham yetmaydi. Hozircha ikkinchi o‘rinda turibmiz. Lekin, Tojikiston - Eron bahsidan keyin jadvalda pastga tushishimiz aniq.
"CAFA Futsal Cup 2023"
O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi 4:0
Gollar: H.Nishonov 10, A.Solihov 29, S.Jo‘rayev 34, I.Hamroyev 40
O‘zbekiston (birinchi beshlik): 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 13.Abdulla Solihov.
Zaxira: 1.Ravshan Eliboyev, 2.Xushnur Erkinov, 5.Sunnatulla Jo‘rayev, 14.Jamshid Rahmatullayev.
Qirg‘iz Respublikasi (birinchi beshlik): 1.Ulanbek Chorobekov, 8.Denisbek Amandik, 9.Maksat Alimov, 10.Muhamed Askarbekov, 14.Samat Djanat.
Zaxira: 3.Bektur Iliyasov, 4.Arstanbek Tursunov, 5.Almazbek Samat, 6.Adil Aianbayev, 11.Daniyar Talaybekov, 12.Abdurahim Daniyar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!