Coca Cola Superliganing 14-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Navbahor" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida qatnashdi.
O‘yin haqida
- G‘alaba qozonish nasib qilmadi. Muxlislarni xursand qila olmadik. Ularga esa muxlislik qilganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Yigitlarga ham rahmat, ular barcha berilgan topshiriqni bajarishdi. Bugun omad bizga yetishmadi.
- Islom Kenjaboyev ikkinchi bo‘limda zaxiraga olindi. U yaxshi o‘ynab turgandi. Bunga sabab nima bo‘ldi?
- Biz Islom kartochka olishidan qo‘rqdik. Sababi, keyingi o‘yin "Buxoro"ga qarshi derbi bo‘ladi. Ifeani ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Shu sabab ham biz Islomni saqlashga harakat qildik.
- Jamoaga yangi kelgan o‘yinchilar maydonga tushishdi. Ularning o‘yinidan qoniqdingizmi?
- Ha, men ularning o‘yinidan qoniqdim. Ular bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. O‘yin ham ajoyib bo‘ldi.
- Jamoaning mag‘lubiyatiga asosiy sabab deb nimani ko‘rsatish mumkin?
- Bu futbol. Aytganimdek, omad yetishmadi. Futbolchilar o‘yinni zo‘r o‘tkazishdi.
- Marko Simonovski buyog‘iga jamoaning asosiy hujumchisi sifatida o‘ynaydimi?
- Buni vaqt ko‘rsatadi. Ayni damda esa, ha. U jamoa asosiy hujumchisi.