19:43 / 31.07.2023
1 461

Bir necha daqiqa kifoya qildi: Fransiyada futbolchilar va muxlislar Husanovga tan berdi

Bir necha daqiqa kifoya qildi: Fransiyada futbolchilar va muxlislar Husanovga tan berdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov “Lans” tarkibida yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

19 yoshli futbolchi begona hayot tarziga ko‘nikishi, yangi talablarga moslashishi, Yevropadagi eng kuchli besh chempionat qatoriga kiruvchi ligada vitse-chempion bo‘lgan jamoada asosiy tarkibga kirib olishi oson bo‘lmaydi.

Abdaqodir Husanov bosh murabbiy Frank Xeyz boshchiligida olib borilayotgan mashg‘ulotlarda faol qatnashmoqda.

Hamyurtimiz Bundesliga vakili “Volfsburg” qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida bir necha daqiqa harakat qildi. O‘yini murabbiylarga ham, jamoadoshlariga ham, muxlislarga ham yoqdi.

Sports.uz portali “Lans” hujumchisi Morgan Gilavogi va fransiyalik futbol ishqibozlarining ushbu mamlakatdagi ilk o‘zbek futbolchisi – Abduqodir Husanov haqidagi fikr-mulohazalarini e’tiboringizga havola etadi.

Morgan Gilavogi (“Lans” va Gvineya terma jamoasi hujumchisi):

Biz mashg‘ulotlar jarayonida bir birimizga qarshi o‘ynadik. Shunga qaramay, mashg‘ulotlar jarayonida tashkil qilingan ikki tomonlama o‘yinlarda bir tomon bo‘lib ko‘proq birga ham to‘p tepdik.

Husanov yosh bo‘lishiga qaramay, juda yaxshi saviyadagi o‘yinchi ekan. Faqat bir muammo – muloqot qilishda qiyinchilik bor.

Abduqodir maydonda juda xotirjam, texnik jihatdan juda toza o‘ynayapti. Kelajagi bor. 

Teitur62:

Asosiy himoyachilardan Kevin Dansoning ketishini inobatga olsak, bu transfer ayni muddao bo‘ladi. Biz Husanovni kelajak uchun tayyorlashimiz kerak.

Rcl83:

Husanov sekin-asta asosiy tarkibga kirib boradi. Tez orada bir yildan keyin ketishi kutilayotgan Dansoning o‘rnini egallaydi. Bu vaqt ichida Abduqodir tilimizni ham o‘rganib oladi. Olg‘a, Husanov!

FD:

Tan olishim kerakki, uning maydondagi o‘yini menda katta taassurot qoldirdi. Husanov maydonda xotirjamligi bilan ajralib turdi va bu uning o‘ziga ishongan kuchli himoyachi ekanidan dalolat beradi.

Weedomaker:

Meni Abduqodirning o‘yinni o‘qiy olish qobiliyati hayratga soldi. Bu qobiliyat uning harakatlariga ishonch bag‘ishlamoqda. Bu katta plyus.

Husanovning harakatlarini YouTube kanalidagi videoroliklarda tomosha qilgandim. Abduqodir aqlli o‘yin ko‘rsatmoqda. Bu futbolchining transferi ko‘rsatilganidek, 400 ming yevroga arziydi. Agar aqlbovar qilmas darajada o‘sishda davom etsa, narxi keskin ko‘tarilishi aniq. Endi u o‘z mahoratini maydonda ko‘rsatishi kerak.

Julio59:

O‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning harakatlari ma’qul keldi. Bu qolganlar ham yaxshiroq intilish kerakligini anglatadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bir necha daqiqa kifoya qildi: Fransiyada futbolchilar va muxlislar Husanovga tan berdi