date
views 242

"Nasaf" klubi logotipini o‘zgartirdi

"Nasaf" klubi logotipini o‘zgartirdi

"Uzoq va puxta o‘ylangandan so‘ng, biz bundan buyon "Nasaf"ning ruhi va intilishlarini ifodalovchi yangi logotipni taqdim etmoqdamiz.

Humo ramzi jamoamiz uchun begona emas. Jamoamiz humo timsoli bilan o‘z tarixida birinchi marta O‘zbekiston Kubogi va O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritgan. Jamoaning ramzi o‘zgargani bilan “ajdarlar” nomi muxlislar uchun saqlanib qolinadi.

Bugundan boshlab Humo qushi liboslarimiz, stadionimiz va "Nasaf"ning har bir jabhasini faxr bilan bezab turganiga guvoh bo‘lasiz.  Bu shunchaki logotipdagi o‘zgarish emas; yorqin va farovon kelajak va’dasini qabul qilgan holda o‘zbek merosini e’zozlashga sodiqligimizni ifodalaydi. Biz birgalikda tarix yozishda va futbol olamida o‘z izimizni qoldirishda davom etamiz", – deyiladi rasmiy xabarda.


Manba: "Nasaf" matbuot xizmati

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf" klubi logotipini o‘zgartirdi