Evro-2016. Germaniya penaltilar seriyasida Italiyani mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

Bugun Fransiyada davom etayotgan Evropa chempionatining 1/4 final bosqichi doirasidagi Germaniya va Italiya terma jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli va murosasiz bo‘lib o‘tgan bellashuv penaltilar seriyasiga qadar davom etdi. Uchrashuvda hisobni dastlab, nemislar ochgan edi. O‘zil aniq zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi.
Uchrashuv yakunlanishi arafasida Boateng to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va hakam nemislar darvozasiga penalti belgiladi. Uni Bonuchchi golga aylantirdi.
Shundan so‘ng darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi va navbat "futbol lotoreyasi"ga etib keldi. Uzoq davom etgan seriyada esa Germaniyaning omadi chopdi.
Shu tariqa Germaniya yarim finalga yo‘l oldi.
Germaniya – Italiya 1:1 (0:0, 1:1, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 6:5
Gollar: 1:0 – 65 O‘zil, 1:1 – 78, penalti Bonuchchi.
Germaniya – Noyer, Boateng, Xektor, Xevedes, Xummels, Kimmix, Kroos, Xedira (Shvaynshtayger, 16), O‘zil, Myuller, Gomes (Draksler, 72).
Italiya – Buffon, Bonuchchi, Kellini (Dzadza, 120), De Shilo, Bardzali, Parolo, Florensi (Darmian, 86), Sturaro, Djakkerini, Pelle, Eder (Insine, 108).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 4:4, 5:4, 5:5, 6:5.
Ogohlantirishlar: Sturaro (56), De Shilo (57), Parolo (59), Xummels (90), Pelle (91), Djakkerini (103), Shvaynshtayger (112).
Manba: www.fut.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing