
“Barselona” klubi hujumchisi Luis Suares “Real” bir kun kelib ochko yo‘qotishini aytib o‘tdi.
“Real” – bu “Real”. Bu jamoaga qarshi o‘ynash hamisha og‘ir. Hali oldinda o‘yinlar ko‘p, “Real” baribir bir kun kelib “qoqiladi”. Biz esa bundan foydalanib qolamiz”, - deydi Suares.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda “Barselona” klubi La ligada peshqadamlik qilayotgan “Real”dan 4 ochko ortda qolgan holda, 2-pog‘onani egallab turibdi.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar