Professional boksning super yengil vazn toifasida (63,5 kg) IBF chempionlik kamarini egasi Sabriel Matias va Shohjahon Ergashev jangiga buyruq berilgan edi.
Belgilangan muddatda tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmagani sababli IBF jangni tashkil etish xuquqini beruvchi promouterlik savdosiga buyruq berdi. Unga ko‘ra ochiq auksion 15 avgust kuni o‘tkaziladi.
Bunda promouterlik kompaniyalari ushbu jangni tashkilchiligini olish uchun pul tikishadi va g‘olib kompaniya Ergashev va Matias jangini tashkil qiladi. Auksion sotuvidan tushgan mablag‘larning 70 foizi chempion Matiasga, 30 foizi da’vogar Ergashevga gonorar sifatida beriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar