date

“Nasaf” jamoasidagi 11-raqam Islom Karimovga berildi

“Nasaf” jamoasidagi 11-raqam Islom Karimovga berildi

Qarshining “Nasaf” professional futbol jamoasidagi 11-raqam O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovga berildi. Bu haqda “1news.uz” xabar berdi.

Yurtboshimiz shu yilning 30 iyun kuni “Nasaf” markaziy stadionini ko‘rishga borganda unga 11 raqamli futbolka topshirildi.

Ushbu futbolka klub muzeyida saqlanadigan bo‘ldi.

16 ming tomoshabinga mo‘ljallangan “Nasaf” stadioni xalqaro talablarga javob beradi. Bu erda mamlakat va xalqaro miqyosdagi musobaqalar o‘tkazilishi mumkin.

Islom Karimov stadionni rekonstruksiya qilish, sportchilar va tomoshabinlar uchun qulayliklarni yanada oshirish, xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Nasaf” jamoasidagi 11-raqam Islom Karimovga berildi