date
views 276

Superliga. "Paxtakor" Namangandagi shiddatli o‘tgan bahsda "Navbahor"ni mag‘lub etdi

Superliga. "Paxtakor" Namangandagi shiddatli o‘tgan bahsda "Navbahor"ni mag‘lub etdi

Superliga 16-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuv 1:2 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Yil o‘yini" belgingan vaqtdan biroz kechroq boshlandi. 30-daqiqada "Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonovning uzatmasidan so‘ng Dragan Cheran boshi aniq zarba berib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘limning so‘ngi daqiqalarida "Navbahor" ikkinchi qavatda yana yutqazib qo‘ydi. Burchakdan amalga oshirilgan to‘pni Muhammadqodir Hamraliyev boshi bilan darvozaga yo‘llab, oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalarida "sherlar"da talay imkoniyatlar bo‘ldi, biroq ular foydalana olmadi. 68-daqiqada Toma Tabatadze raqib posbonidan qaytgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, hisobni qisqartidi. Keyinchalik jamoalarda yana vaziyatlar bo‘ldi, biroq darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi.

Shu tariqa, "lochinlar" o‘z uyida ham amaldagi chempionga mag‘lub bo‘ldi.

"Navbahor" – "Paxtakor" 1:2

Gollar: Dragan Cheran 30', Muhammadqodir Hamraliyev 44', Toma Tabatadze 68'

"Navbahor": 1.O‘tkir Yusupov (s), 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo‘ldoshev, 7.Oston O‘runov (19.Doniyor Abdumannopov 22'), 8.Jasur Yaxshiboyev (77.Asadbek Sobirjonov 57'), 10.Jamshid Iskanderov (21.Temirxo‘ja Abduxoliqov 46'), 14.Jamshid Boltaboyev, 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich (4.Azim Ahmedov 90'), 27.Shahboz Jo‘rabekov (13.Filip Ivanovich 46'), 91.Toma Tabatadze. 

Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 20.Muzaffar Mo‘minov, 24.Davron Hoshimov, 39.Shohruh Xudoybergenov.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Aziz Turg‘unboyev, 10.Dragan Cheran (s), 17.Doston Hamdamov, 19.Pshemislav Banashak (11.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 73'), 28.Diyor Xolmatov, 30.Metyu Stinvorden (88.Shahzod Azmiddinov 46'), 77.Dilshod Saitov (34.Farruh Sayfiyev 46').

Zaxira: 36.Pavel Pavlyuchenko, 2.Behruz Asqarov, 4.Doston Tursunov, 20.Hojimat Erkinov, 23.Sherzod A’zamov, 40.Kimi Merk.

Ogohlantirishlar: Jasur Yaxshiboyev 23', Pshemislav Banashak 26', Doniyor Abdumannopov 37', Dragan Cheran 41', Odiljon Hamrobekov 75'

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Paxtakor" Namangandagi shiddatli o‘tgan bahsda "Navbahor"ni mag‘lub etdi