Yevro-2016. Portugaliya Uelsni mag‘lub etdi va finalga chiqdi

Yevro-2016. Portugaliya Uelsni mag‘lub etdi va finalga chiqdi
Evro-2016. Portugaliya Uelsni mag‘lub etdi va finalga chiqdi

Yevropa chempionati finalining birinchi ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi. Yarim finalda Portugaliya terma jamoasi Uelsni mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvda 2:0 hisobi qayd etildi. Birinchi bo‘limda darvozalar dahlsizligi saqlanib qoldi. Bo‘lim davomida xavfli vaziyat deyarli yuzaga kelgani yo‘q. Ammo ikkinchi bo‘lim boshidanoq vaziyat keskin o‘zgardi. Avvaliga 50 daqiqada Krishtianu Ronaldu hisobni ochgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib Nani Portugaliyaning ikkinchi golini kiritdi.

Ushbu hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi va Yevropa chempionati finalida Portugaliya o‘ynaydigan bo‘ldi. Finalning ikkinchi ishtirokchisi ertaga, Fransiya va Germaniya o‘rtasida kechadigan bahsda aniq bo‘ladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar