Superliganing 16-turidan o‘rin olgan OKMK - "Olimpik" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Saidazamat Mirsaidov 7-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Xurshid G‘iyosov penaltidan imkoniyatlarni tenglashtirdi. 57-daqiqada jamoasining ajoyib hujumini Rubin Sanches golga aylantirdi.
Shu tariqa, OKMK 3 ochkoni qo‘lga kiritib, turnir jadvalida 5-o‘rinda qoldi. "Olimpik" esa 10-pog‘onadan joy olgan.
OKMK - "Olimpik" - 2:1
Gollar: Saidazamat Mirsaidov 7, - 0:1 (Otabek Jo‘raqo‘ziyev). Xurshid G‘iyosov 15 penalti, - 1:1 (Martin Boake). Ruben Sanches 57, - 2:1 (Xurshid G‘iyosov).
OKMK - 1.Botirali Ergashev, 7.Dilshod Ahmadaliyev, 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov, 22.Shohruh Gadoyev — 8.Abdulla Abdullayev,17.Sanjar Tursunov (20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 85), 4.Mirjamol Qosimov (15.Oybek Rustamov, 73), 9.Ruben Sanches (29.Vitaliy Denisov, 73), 10.Xurshid G‘iyosov, 27.Martin Boake (14.Mirjahon Mirahmadov, 85).
Zaxira: 12.Dilshodbek Yoqubov, 25.Valijon Rahimov — 2.Akramjon Komilov, 19.Muhammadanas Hasanov, 88.Siavash Xaqnazariy.
"Olimpik": 13.Hamidullo Abdunabiyev, 2.Saidazamat Mirsaidov (77.Sherzod Esanov, 88), 4.Odilbek Abdumajidov, 8.Nodir Abdixoliqov (10.Farruh Muxtorov, 60), 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (9.Shahzod Akramov, 72), 17.Temur Mamasidiqov (81.Asad Jo‘raboyev, 60), 21.Saidafzalxon Axrorov (14.Eldor Begimov, 72), 23.Abdurauf Bo‘riyev, 30.Jasurbek Jaloliddinov, 37.Alisher Odilov, 44.Asadbek Rahimjonov.
Zaxira: 1.Shukron Yuldashev, 5.Javohir O‘tamurodov, 16.Rian Islomov, 29.Aleksandr Zevadinov.
Ogohlantirishlar: Abdulla Abdullayev 33, Shohruh Gadoyev 90, Islom To‘xtaxo‘jayev 90+1.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!