date
views 141

Mask va Sukerberg o‘rtasidagi «jang» Rim Kolizeyida o‘tkazilishi mumkin

Mask va Sukerberg o‘rtasidagi «jang» Rim Kolizeyida o‘tkazilishi mumkin
Foto: Getty Images

Amerikalik milliarder Ilon Mask Italiya rasmiylari bilan Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerbergga qarshi rejalashtirilgan mushtlashuv joyi borasida kelishib olganini aytdi.

«Italiya bosh vaziri va Madaniyat vaziri bilan gaplashdim. Ular tarixiy joy haqida kelishib oldilar. Kadrlarda Qadimgi Rim manzaralari bo‘ladi, zamonaviy joylar emas», dedi u.

Bundan tashqari, Mask alohida xabarda «Gladiator» so‘zini yozdi va bu bilan bellashuv Italiya poytaxtining asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lgan qadimgi Kolizey xarobalari maydonida o‘tkazilishi haqidagi mish-mishlarni bilvosita tasdiqladi.

Mask so‘zlariga ko‘ra, bellashuv ishtirokchilarga tegishli bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar – X, Facebook va Instagram orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Iyul oyida, Facebook va Instagram platformalariga egalik qiluvchi Meta korporatsiyasi asoschisi va rahbari Mark Sukerberg Threads nomli yangi ijtimoiy tarmoqni ishga tushirdi. U o‘tgan yili Ilon Mask tomonidan sotib olingan Twitter uchun raqobatchi bo‘lishi kerak edi.

Mask Sukerbergning biznes strategiyasini masxara qildi va o‘z obunachilaridan biriga Sukerberg bilan «qafasda» jang qilishga tayyorligini hazilomuz tarzda yozdi. Ammo Sukerberg chaqiruvni jiddiy qabul qilgan ko‘rinadi, darhol «Menga jang o‘tkaziladigan joyni yozib yubor», degan qisqa xabarni jo‘natdi.

Shundan so‘ng, ikkala milliarder ham jangga faol tayyorgarlik ko‘rishni boshladilar va bir vaqtning o‘zida duel joyini kelishib olishga harakat qilishdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jang 26 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mask va Sukerberg o‘rtasidagi «jang» Rim Kolizeyida o‘tkazilishi mumkin