Fransiya Grizmanning ikki goli evaziga Germaniyani mag‘lubiyatga uchratdi va finalga yo‘l oldi

Fransiya Grizmanning ikki goli evaziga Germaniyani mag‘lubiyatga uchratdi va finalga yo‘l oldi
Fransiya Grizmanning ikki goli evaziga Germaniyani mag‘lubiyatga uchratdi va finalga yo‘l oldi

Yevro-2016 musobaqasining yarim finalidan o‘rin olgan Germaniya hamda Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Unda 0:2 hisobi qayd etilib, fransuzlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yin kutilganidek, shiddatli hujumlarga boy tarzda o‘tdi. Ikki golni ham Antuan Grizmann kiritdi va amalda turnirning eng yaxshi to‘purarga aylanib oldi. Germaniya xarchand harakat qilmasin, javob golini ura olmadi.

Shu tariqa Fransiya finalga yo‘l oldi. Endi jamoa bosh sovrin uchun finalda Portugaliyaga qarshi to‘p suradi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar