Osiyo chempionlar ligasi birinchi saralash bosqichi doirasida OKMK o‘z maydonida Ummonning "As-Sib" jamoasini qabul qildi. Mazkur o‘yinda "konchilar" kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Yagona golni Xurshid G‘iyosov kiritdi. Uning goli Qosimov shogirdlarini keyingi bosqichga olib chiqdi.
Navbatdagi bosqichda OKMK Qatarning "Al-Arabi" jamoasi bilan kuch sinashadi.
OFK Chempionlar Ligasi-2023/24
OKMK (O‘zbekiston) – "Al Sib" (O‘mon) 1:0
Gol: 1:0 — 47, Xurshid G‘iyosov.
OKMK: 1.Botirali Ergashev, 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Dilshod Ahmadaliyev (20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 80), 8.Abdulla Abdullayev, 9.Ruben Sanches, 10.Xurshid G‘iyosov (29.Vitaliy Denisov, 90+2), 17.Sanjar Tursunov (15.Oybek Rustamov, 90+2), 22.Shohruh Gadoyev, 27.Martin Boake, 88.Siyavash Xaqnazariy (14.Mirjahon Mirahmadov, 80).
Zaxira: 12.Dilshodbek Yoqubov, 25.Valijon Rahimov, 2.Akramjon Komilov, 4.Mirjamol Qosimov, 19.Muhammadanas Hasanov.
"Al Sib": 1.Ahmad Faraj, 6.Ahmad Al Xamisi, 7.Zoxir Sulaymon (21.Issom Hamis, 76), 9.Abdul Aziz Humaid, 13.Muhammad Al Musalami, 18.Muhsin Solih, 17.Ali Sulaymon, 22.Hassan Ahmad (8.Maruan Taaib, 81), 24.Tamim Xaytam, 27.Aid Muhammad Al Farsi, 90.Yazid Salim.
Zaxira: 3.Yaqdon Hanis, 14.Usama Muhammad, 18.Muatassim Salim, 19.Yusuf Nashr, 20.Abdulloh Sabah, 25.Muhammad al Amri, 29.Samir Aziz, 42.Javad Xalifa, 70.Hamid Said, 80.Abdulloh Jamil.
Ogohlantirish: Anzur Ismoilov (33), Martin Boake (62), Yazid Salim (83)
Chetlatish: Martin Boake (73)
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!