date
views 245

Markes Lopes: “Navbahor” bizga qaraganda jismonan tayyorroq bo‘lishi mumkin, ammo bu bir o‘yinda yordam bermaydi"

Markes Lopes: “Navbahor” bizga qaraganda jismonan tayyorroq bo‘lishi mumkin, ammo bu bir o‘yinda yordam bermaydi"

OCHL saralash bosqichidan o‘rin olgan "Al Vakra" — "Navbahor" uchrashuvidan oldin mezbonlar bosh murabbiyi Bartolome Markes Lopes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Osiyo chempionlar ligasidagi qarama-qarshiliklar o‘ziga xos ahamiyatga ega va chempionat o‘yinlaridan farq qiladi. Maqsadimiz — ijobiy natijaga erishish hamda guruh bosqichida ishtirok etish.

Bilasizmi, "Al Vakra" oxirgi marta OCHLda 2002 yil ishtirok etgan va o‘shadan beri jamoa bunday katta turnirda qatnashmagan. Shu bois, biz eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatgani maydonga tushamiz va o‘zimiz istagan natijani qayd etishga harakat qilamiz.

Shogirdlarimdan bo‘lajak o‘yinga katta e’tibor bilan munosabatda bo‘lishi talab etiladi. Bu o‘yin Qatar futboli, xususan, "Al Vakra" shahri aholisi uchun muhim ahamiyatga ega.

“Navbahor” jamoasi haqida ba’zi ma’lumotlarga egaman. Ular yaxshi jamoa, O‘zbekiston chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Ammo yo‘qotadigan narsamiz yo‘q, shu bois maqsadimizga erishish uchun bunday imkoniyatdan foydalanishimiz kerak.

O‘zbekiston chempionati bir hafta oldin boshlangan Qatar chempionatidan farqli o‘laroq 17-turga yetib keldi. Albatta, “Navbahor” jamoasi bizga qaraganda jismoniy jihatdan tayyorroq bo‘lishi mumkin, ammo bu ko‘p narsani anglatmaydi, chunki bu tayyorgarlik bir o‘yinda unchalik yordam bermaydi", - dedi Lopes.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Markes Lopes: “Navbahor” bizga qaraganda jismonan tayyorroq bo‘lishi mumkin, ammo bu bir o‘yinda yordam bermaydi"