date

Ronaldusiz Portugaliya termasi Fransiyani engdi va Evro-2016 chempioniga aylandi!

Ronaldusiz Portugaliya termasi Fransiyani engdi va Evro-2016 chempioniga aylandi!

Evro-2016 musobaqasining finalidan o‘rin olgan Portugaliya hamda Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi. O‘yinning asosiy bo‘limlarida 0:0 hisobi qayd etildi.

Kutilmaganda, birinchi bo‘limning o‘rtalarida Krishtianu Ronaldu jarohat olib, maydonni tark etdi. Ko‘pchilik, o‘yinning chiroyi yo‘qolgani va buyog‘iga zerikarli bo‘lishini taxmin qila boshladi.

Ammo, borgan sari bahs yanayam kuchayib bordi. Garchi, imkoniyatlar bo‘lgan bo‘lsada, 90 daqiqada tomonlar darvozani nishonga ola bilishmadi.

Keyin hakam 15 daqiqalardan iborat bo‘lgan qo‘shimcha bo‘limlarni belgiladi. Birinchi 15 daqiqada hisob o‘zgarmadi. Ikkinchi 15 daqiqalikda portugaliyalik Eder uzoqdan darvozani aniq nishonga olib, hisobni ochdi. Ctadion larzaga keldi.

Amalda shu gol o‘yin taqdirini hal qildi va Portugaliya Evro-2016 musobaqasining haqli chempioniga aylandi.

Evro-2016, Final
Portugaliya – Fransiya 1:0

Gol: 1:0 – 109 Eder.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Adrien Silva (Moutinyu, 66), Vilyam Karvalyu, Nani, Sanshesh (Eder, 79), Joau Mariu, Ronaldu (Kuarejma, 25).
Fransiya – Loris, Koselni, Evra, Sanya, Umtiti, Pogba, Matyuidi, Payet (Koman, 58), Sissoko (Marsyal, 110), Grizmann, Jiru (Jinyak, 78).
Ogohlantirishlar: Soaresh (34), Joau Mariu (62), Umtiti (80), Gerreyru (95), Matyuidi (97), Vilyam Karvalyu (98), Koselni (107), Pogba (115).

Manba: www.fut.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldusiz Portugaliya termasi Fransiyani engdi va Evro-2016 chempioniga aylandi!