date
views 262

Samvel Babayan: “Biz O‘zbekistonda uchta turnirda kurashni davom ettirayotgan yagona jamoamiz”

Samvel Babayan: “Biz O‘zbekistonda uchta turnirda kurashni davom ettirayotgan yagona jamoamiz”

“Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayanning "Al-Vakra" – "Navbahor" (0:1) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Barchaga salom. Bugun “Navbahor” uchun tarixiy kun bo‘ldi deb ayta olaman. Jamoamiz 23 yildan beri Xalqaro musobaqada ishtirok etmagandi. Biz saralash bosqichi bilan cheklanib qolmoqchi emasdik. Bizning maqsadimiz: OCHL madhiyasi bizning qadrdon stadionimizda jaranglashini istagandik. Muxlislarimiz shu kabi ajoyib futbol muhitini his qilishga haqli edilar. Muxlislarimiz bizdan faxrlanishlari uchun barcha ishni qilishga harakat qildik.

Yil avvalida qo‘ygan maqsadlarimizdan biriga erishdik. Biroq biz guruh bosqichi bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz, biz uchun har bir uchrashuv finaldek. Men ba’zi bir statistika ma’lumotlarni ochiqlamagandim. Menimcha Osiyoda aynan men ushbu turnirda eng ko‘p ishtirok etgan mutaxassis bo‘laman. Shu sababli ham mening tajribamdan kelib chiqib, maksimal natija ko‘rsatishga harakat qildim.

 Shuningdek, men rahbarlik qilgan avvalgi jamoam ikki marta OCHL bahslarining yarim finaliga  yetib kelganini ham eslatib o‘tmoqchiman. Murabbiylar shtabining tajribasi va futbolchilarimizning darajasidan kelib chiqib, bizga keyingi bosqichga chiqish vazifasi qo‘yilgandi. Endi maqsadimiz guruh bosqichidan chiqish bo‘ladi.

Men o‘yin oldi tashkil etilgan matbuot anjumanida “Al Vakra” yaxshi va shaklangan jamoaligini va ularda kuchli murabbiy borligini ta’kidlagandim. Bizning o‘yin rejamiz uchrashuv davomida o‘zini oqladi va biz maksimal darajada uchrashuvni 90 daqiqada hal qilishga harakat qildik.

Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun Qatarga yetib kelgan muxlislarga rahmat aytamiz. Biz ularni keyingi o‘yinlarda xursand qilishga harakat qilamiz.

So‘zimni so‘nggida shuni aytmoqchimanki, biz O‘zbekistonda uchta turnirda kurashni davom ettirayotgan yagona jamoamiz!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: “Biz O‘zbekistonda uchta turnirda kurashni davom ettirayotgan yagona jamoamiz”