date
views 177

Markes Lopes: "Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, biroq yo‘qotishlar biz uchun qimmatga tushdi"

Markes Lopes: "Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, biroq yo‘qotishlar biz uchun qimmatga tushdi"

OCHL saralash bosqichidan o‘rin olgan "Al Vakra" — "Navbahor" uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Bartolome Markes Lopes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Avvalambor, "Navbahor" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo‘limda nazoratni to‘liq o‘z qo‘limizga oldik hamda ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratdik. Biroq sezilarli xatolarga yo‘l qo‘ydik va bu natijaga ta’sir o‘tkazdi.

Shogirdlarimning ko‘rsatgan o‘yinidan mamnunman, ayniqsa, birinchi bo‘limda ular ajoyib harakat qilishdi. Ammo bellashuvning dastlabki daqiqalarida Xazem Shexataning jarohat olishi hamda ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Holid Yussuf Shurrabning maydondan chetlatilishi jamoaga ta’sir o‘tkazdi.

Raqib jamoa ham o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganiga qaramay, yigitlar ikkinchi bo‘limning 15-daqiqalariga qadar o‘yinni nazorat qilishdi, shundan so‘ng ustunlik asta-sekin raqib jamoa foydasiga o‘ta boshladi, chetlatish esa bizga yanada qiyinchilik olib keldi", dedi ispaniyalik mutaxassis.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Markes Lopes: "Birinchi bo‘limda o‘yinni nazorat qildik, biroq yo‘qotishlar biz uchun qimmatga tushdi"