date
views 208

Yunus Ali: "OKMK vaziyatlar tashkil etishda yaxshiroq harakat qildi"

Yunus Ali: "OKMK vaziyatlar tashkil etishda yaxshiroq harakat qildi"

Osiyo Chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasidagi "Al Arabi" — OKMK uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Yunus Ali matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz ajoyib o‘yin o‘tkazdik, ammo mavjud imkoniyatlardan foydalana olmadik, hujumlarni yakuniga yetkazishda shoshqaloqlikka yo‘l qo‘ydik. O‘zbekiston klubi esa vaziyatlar tashkil etishda yaxshiroq harakat qildi. Uchrashuvga tashrif buyurgan hamda jamoamizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minaatdorchilik bildiraman hamda mag‘lubiyat uchun ulardan uzr so‘rayman. Bo‘lajak o‘yinlarda ularni xursand qilish uchun harakat qilamiz.

Yusuf Misakni va Rafinya kabi yetakchilarimiz jarohatidan endi tiklanib qaytishdi, ular uzoq vaqt maydonga tusha olmagani bois hali mavsumga to‘liq tayyor emasdi.

Shogirdlarim yaxshi o‘yin o‘tkazishdi, biroq ba’zi futbolchilarning qit’a chempionati borasidagi tajribasi yuqori emasligi tufayli bellashuv tizginini qo‘ldan chiqardik", dedi qatarlik mutaxassis.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yunus Ali: "OKMK vaziyatlar tashkil etishda yaxshiroq harakat qildi"