Yevro-2016ning 4ta asosiy yulduzi


Fransiyada yakuniga yetgan Yevrpa Chempionati o‘zidan ulkan taassurotlarni qoldirdi. Bir qator kashfiyotchi futbolchilar yetishib chiqdi. Quyida mana shunday futbolchilar to‘g‘risida so‘z yuritamiz.
Krishtianu Ronaldu
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu finalda jarohat olganiga qaramay, musobaqada faolligi bilan ajraldi. Guruhda Vengriya bilan bo‘lgan o‘yinda dubl qayd etdi. Aynan uning kiritgan ikki goli terma jamoani kelasi bosqichga chiqishiga yordam vazifasini o‘tadi. Uelsga qarshi qiyin o‘yinda Ronaldu boshi bilan fantastik gol kiritdi. Bir so‘z bilan aytganda, yetakchilik qobilyati bilan finalga qadar yetaklay oldi. Finalda Portugaliya usiz ishtirok etganiga qaramay, jarohatlangan futbolchi butun o‘yin mobaynida sheriklarini qo‘llab-quvvatladi.
Antuan Grizmann
“Atletiko” hujumchisi Fransiya termasida ajoyib o‘yinlarni ko‘rsatdi. Turnir to‘purari bo‘ldi. Grizmann har bir o‘yinda fantastik darajada harakatlari bilan ajralib turdi. Germaniya bilan bo‘lgan muhim o‘yinda dublga erishib, faranglarni finalga qadar yetib borishini ta’minlagandi. Shuningdek, Islandiyaning otilayotgan “vulqonlari”ni so‘ndirishda ham Grizmann katta yumushlarni bajara oldi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur turnir uning uchun atalgandek taassurot qoldirdi.
Garet Beyl
Uelsning yurishlarida Beylning ulkan mehnatlari yotibdi. Garet turnirni ko‘tarinka kayfiyatda o‘tkaza oldi. Umuman olganda, Uelsning Yevropa chempionatida zafarli yurishlarini hech kimga kutmagandi. Lekin Beyl va qolgan sheriklari barchani ajablantirishda davom etdi. Xullas, “Real” yarim himoyachisi musobaqani yanada chiroyli va esda qolarli o‘tishiga bezak bera oldi.
Renatu Sanchesh
Portugaliya futbolining kelajagi bo‘la olayotgan Sanchesh turnirning kashfiyotchisi bo‘ldi. Sanchesh nafaqat muhim gollarni kiritdi. Shuningdek, maydonda benazir ishlari bilan ajralib turdi. 18 yoshli futbolchi Yevroda bir qator rekordlarni ham qayd etdi. Xullas, Ronaldu va Sanshech ushbu terma jamoani g‘alaba sari yetaklay oldi.






























Izohlar 0
…