Evro-2016ning kashfiyotchi terma jamoalari

Yakunlangan Evropa chempionati juda qizg‘in ravishda yakuniga etdi. Mazkur musobaqada bir qator terma jamoalar sensasiya ko‘rsatib, turnir qahramonlariga aylandi. Quyida e’tiboringizga mana shunday jamoalar xususida so‘z yuritamiz.
Vengriya
Bilasizmi, mazkur Vengriya terma jamoasi Evropa Chempionatiga chiqqanida ko‘pchilik ularni tasodifan yo‘llamaga ega bo‘ldi degandi. Vengrlar Evro-2016da ham fantastik o‘yin ko‘rsata oldi. Guruhdan eson-omon chiqdi. To‘g‘ri, “pley-off” esa omadsizlikga duch keldi. Baribir guruhda Portugaliya, Avstriya, Islandiya kvartetida omadi yurishib, chiqishdi. Belgiya bilan bo‘lgan “pley-off”da esa Vengriya 4:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘yib, musobaqani tark etdi. E’tiborlisi, mamlakat halqi ularni chempionlardek kutib oldi. Katta miqdorda bonus pullari ulashdi.
Islandiya
Vulqon va ko‘llardan iborat bo‘lgan Islandiyani omadini juda yurishdi. Kichik mamlakat Evro-2016ning “o‘lim” guruhiga duch kelgandi. Lekin ular matonatli futbol ko‘rsatishi bilan maqsadiga erishdi. Portugaliya bilan kechgan o‘yinda islandlar hech nimadan qo‘rqmasdan, durang natija ko‘rsatishdi. Angliya bilan “pley-off”da juda yaxshi va tartibli o‘ynadi. Nomdor raqibini tor-mor keltirib, kelasi bosqichga chiqishni uddasidan chiqdi. Islandiya musobaqadagi yurishi to‘xtatgan taqdirida ham, mamlakat rahbarlari tomonidan juda katta miqdorda mablag‘ ajratishlari kutilmoqda.
Xorvatiya
Matonatli terma jamoa bo‘lgan Xorvatiya ham musobaqada juda yaxshi yurishni amalga oshirdi. Shaxmatchilar nomi bilan tanilgan Xorvatiya xuddi mazkur sport turidagi kabi ehtiyotkorlik bilan yurishlarni amalga oshirishlari oqibatida guruhdan keyingi bosqichga chiqishni uddasidan chiqdi. Guruhda “yengilmas armada” nomi bilan tanilgan Ispaniyani tor-mor keltirdi. Xorvatiya termasi sardori Dario Srnaning otasi vafot etganiga qaramay, futbolchi juda matonatli harakatlari bilan musobaqa to‘p surdi. Portugaliyaga qarshi “pley-off”dagi bahsda penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Butun futbolchilar maydon uzra ko‘z yoshlarini to‘kishdi. Shunga qaramay, dunyo futboli ixlosmandlari Xorvatiyaning matonatiga tan berdi.
Uels
Garet Beyl boshchiligidagi Uels termasi ham musobaqaning favoritiga aylandi. Dastlab bu terma jamoani uzoqqa bora olishini hech kim taassavur qilmgandi. Lekin Uels shu darajada o‘yin ko‘rsatdiki, guruhdan chiqdi. “Pley-off”da ham ishonchli o‘yin namoyon qildi. Bir so‘z bilan aytganda, uelsliklar Evro-2016ning haqiqiy kashfiyotchi terma jamoasiga aylana oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing