Bostondagi parad vaqtida otishma sodir bo‘ldi

Bostondagi parad vaqtida otishma sodir bo‘ldi

Foto: Reuters

AQSHning Massachuses shtati, Boston shahrida Karib dengizi madaniyatiga bag‘ishlangan parad vaqtida sodir bo‘lgan otishmada kamida yetti kishi yaralandi. Bu haqda CNN mahalliy politsiyaga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar yengil tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Politsiya bir necha kishini hibsga oldi va ulardan o‘qotar qurollarni olib qo‘ydi.

Shu kunlarda Bostonda Karib dengizi madaniyatining yillik karnavaliga kiruvchi ikkita parad bo‘lib o‘tmoqda. Otishmadan so‘ng paraddagi xavfsizlik choralari yanada kuchaytiriladigan bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar