Polshada Toshkent vaqti bilan 26 avgust, shanba tunida katta boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning asosiy jangida super og‘ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF kamarlari sohibi Oleksandr Usik va Daniel Dyubua o‘zaro to‘qnash keldi. 9-raundda Oleksandr Usik raqibini texnik nokautga uchratdi va g‘alaba qozondi.
Qayd etib o‘tish joiz, 5-raundda Dyubua Usik tomon qaltisroq zarba bergani bois, ukrainalik bokschi ringga yiqildi. Og‘riqlardan qutulib, o‘ziga kelishi uchun Oleksandrga bir necha daqiqa kerak bo‘ldi.
Danielga qarshi jang ukrainalik bokschi uchun 2023 yildagi ilk jangi bo‘ldi. Usik so‘nggi bor 2022 yil avgust oyida Entoni Joshuaga qarshi revansh jangida ringga ko‘tarilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar