Og‘ir vazn toifasida WBA, WBO va IBF yo‘nalishlari chempioni ukrainalik Oleksandr Usik britaniyalik da’vogar Deniel Dubois bilan jang olib bordi.
Bahsning sakkizinchi raund yakunida Usik raqibini nokdaunga, to‘qqizinchi raundda esa nokautga uchratdi. Qolaversa, Usikning bitta zarbasi kurashga nuqta qo‘ydi.
Umuman olganda, Usik jang davomida raqibidan yaxshiroq ekanini ko‘rsata oldi, garchi Dubois uni vaqti-vaqti bilan yaxshi zarbalar bilan tuta olgan bo‘lsada, ammo jangning eng ko‘p muhokama qilinadigan epizodi beshinchi raundida sodir bo‘ldi.
Dubois tanaga kuchli zarba berib, Usikni qulatganda referi buni ta’qiqlangan zarba deb baholadi va Usikka tiklanish uchun vaqt berdi.
Bu zarbani turli yo‘llar bilan talqin qilish mumkin, chunki ko‘pincha chegara zonasi boks shorti kamarining o‘rtasi bo‘lib, zarba o‘sha joyga yo‘naltirilgan edi. Hakam buni beldan pastga zarba deb baholadi, biroq Duboisni ochko olib tashlash bilan jazolamadi.
Usikning tiklanishi uchun uch yarim daqiqa vaqt ketdi, shundan so‘ng kurash davom etdi. Epizod darhol bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
Ikki vaznda sobiq jahon chempioni, sharhlovchilar guruhida ishlagan Karl Frempton shunday dedi: “Men past zarbani ko‘rmadim. Menimcha, Dyuboa yangi chempion deb e’lon qilinishi kerak edi."
Oleksandr Usik, Deniel Dyubua, Nokaut, Og‘ir vazn toifasi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring