Evro-2016ning omadsiz terma jamoalari

Fransiyada bo‘lib o‘tgan Evropa chempionati o‘zining qizg‘in va murosasiz bahslari bilan yodda qoldi. Shuningdek, sensasiyalar ham bo‘lib turdi. Quyida e’tiboringizga mazkur musobaqada omadsizlikga duch kelgan terma jamoalar xususida so‘z yuritamiz.
Rossiya
Chempionat oldidan Rossiya terma jamoasining imkoniyatlari juda yuqori baholangandi. Ko‘pchilik mazkur terma jamoani kelasi bosqichga chiqishini taxmin qilgandi. Angliya, Uels, Slovakiya bilan bitta kvartetda joy olgan Rossiya kutilmaganda so‘nggi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Leonid Sluskiy shogirdlari Angliya bilan o‘yinda 1:1 hisobini qayd etgandi. Keyingi ikki turda esa omadsizlikga duch kelishdi hamda so‘nggi o‘rin bilan cheklanishdi. Bu esa Rossiyani Evro-2016ni barvaqt tark etishiga sabab bo‘ldi. Mutaxassislar ham Rossiyani bunday omadsizlik ko‘chasiga kirib qolishini kutmaganligini ma’lum qildi.
Shvesiya
Bu terma jamoani doimo favoritlar qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Lekin Zlatan Ibragimovich boshchiligidagi Shvesiya ko‘pchilikni nazarida, guruhdan chiqa olishlari kutilgandi. Ming afsuski, ular o‘ylagan ishlar amalga oshmadi. Terma jamoa guruhdayoq qolib ketdi. Italiya, Irlandiya, Belgiya bilan bitta guruhda joy olgan mazkur terma jamoa omadsizlikga yo‘liqdi hamda musobaqani tark etdi. Shvesiya futboli yuragi bo‘lgan Zlatan Ibragimovich esa terma jamoadagi faoliyatini yakunladi.
Ispaniya
Amaldagi Evropa chempioni bo‘lgan Ispaniya ham omadsizlikga duch keldi. To‘g‘ri, ular guruhdan chiqish vazifasini amalladi. Lekin Xorvatiyaga qarshi guruhning 3-turida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu qarama-qarshilikda ispanlarning ojiz nuqtalari ko‘zga tashlandi. “Pley-off”da esa Ispaniya Italiya to‘sig‘iga duch keldi. Qiziqarli bo‘lgan o‘yinda omad Italiyaga kulib boqdi. Amaldagi chempion o‘z unvonini muddatidan oldin topshirdi. Turnir favoriti sifatida qaralgan Ispaniyaning omadsizligiga turli bahonalar topildi. Bosh murabbiy hamda darvozabon David De Xeani xatolari sabab qilib ko‘rsatildi.
Angliya
Mazkur terma jamoa doimo muammolar ko‘chasidan chiqa olmay kelgan. Angliya yirik turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok eta olmaydi. Frnsiyadagi musobaqada ham inglizlar guruhdan amallab chiqdi. Rossiya, Slovakiya bilan durang, Uelsni omad tufayli mag‘lub qilgan holda, “pley-off” bosqichiga yo‘l oldi. Eng yomoni shuki, Islandiya bilan “pley-off”da ingliz o‘ta omadsiz o‘yin ko‘rsatdi. Islandiya irodali futboli bilan nomdor raqibini er tishlatgan holda, kelasi bosqichga chiqishni uddasidan chiqdi. Angliya yana doimgidek musobaqani erta yakunladi. Darhol terma jamoa ustozi Roy Xodjson vazifasidan ozod etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing