23:01 / 29.08.2023
200

Superliga. "Paxtakor" eng yaqin ta’qibchisi bilan oradagi farqni 8 ochkoga yetkazib qo‘ydi

Superliga. "Paxtakor" eng yaqin ta’qibchisi bilan oradagi farqni 8 ochkoga yetkazib qo‘ydi

Bugun Superliga 18-turidan o‘rin olgan ikki bahs bo‘lib o‘tdi. Dastlabki o‘yin Toshkentda bo‘lib o‘tdi. "Surxon" va "Nasaf" o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuv "ajdarlar"ning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Yana bir uchrashuvda "Qizilqum" va "Paxtakor" to‘qnashdi. Qizg‘in va shiddatli o‘tgan qarama-qarshilikda "ajdarlar" 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

"Qizilqum" – "Paxtakor" - 2:3

Gollar: Diyor Xolmatov 14, - 0:1 (Farruh Sayfiyev). Odiljon Hamrobekov 25, - 0:2 (Diyor Xolmatov). Islom Kenajboyev 42 penalti, - 1:2. Sardor Sobirxo‘jayev 78, - 1:3 (Farruh Sayfiyev). Akaki Shulaya 90+7 penalti, - 2:3.

"Qizilqum": 35.Javohir Ilyosov, 6.Murodbek Rahmatov (79.Diyorbek Rahmatilloyev, 76), 10.Islom Kenjaboyev, 11.Akaki Shulaya, 13.Nikolay Tarasov, 23.Sherali Jo‘rayev (4.Ilhomjon Vahobov, 46), 25.Azizbek Usmonov, 30.Islomjon Toshpo‘latov (7.Davron Anvarov, 56), 44.Jo‘rabek Mannonov, 77.Giorgi Kuxianidze (28.Akmaljon Muzaffarov, 82), 92.Marko Simonovski (17.Muhammadali G‘iyosov, 56).

Zaxira: 22.Artyom Makosin, 2.Baxtiyar Gurgenov, 9.Humoyun Abdualimov, 38.Abduxoliq Tursunov.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turg‘unboyev (9.Mixal Kuxarchik, 84), 10.Dragan Cheran (2.Behruz Asqarov, 46), 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Pshemislav Banashak (11.Po‘latxo‘ja Xolxorxonov, 86), 27.Sardor Sobirxo‘jayev (40.Kimi Merk, 84), 28.Diyor Xolmatov, 30.Metyu Stinvorden (88.Shahzod Azmiddinov, 69), 34.Farruh Sayfiyev.

Zaxira: 36.Pavel Pavlyuchenko, 4.Dostonbek Tursunov, 20.Hojimat Erkinov, 77.Dilshod Saitov.

Ogohlantirishlar: Sherali Jo‘rayev 24, Odiljon Hamrobekov 32, Azizbek Turg‘unboyev 37, Akaki Shulaya 73, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 90. 

Chetlatish: Shahzod Azmiddinov 90+4.

Bugungi bahslardan so‘ng musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinishda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Paxtakor" eng yaqin ta’qibchisi bilan oradagi farqni 8 ochkoga yetkazib qo‘ydi