23:21 / 29.08.2023
163

Sergey Arslanov: "Darvozabonga ham futbolchilarimga ham e’tirozim yo‘q"

Sergey Arslanov: "Darvozabonga ham futbolchilarimga ham e’tirozim yo‘q"

Coca Cola Superligasining 18-turi doirasida "Nasaf"ga qarshi o‘yindan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Sergey Arslanov o‘z fikrlarini bildirdi.

- Ilk navbatda "Nasaf"ni, nafaqat Superkubokdagi, balki, bugungi o‘yindagi g‘alaba bilan tabriklayman. Ikki xil taym guvohiga aylandik. Birinchi bo‘limda bizga raqib jarima maydonchasi ichiga to‘pni yetkazib berish, sovuqqon bo‘lish muammosi kuzatildi. Ikkinchi bo‘limda esa raqib darvozasi yonida yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq bizda vaziyatlardan foydalanish muammosi kuzatildi. Yigitlarga hech qanday e’tirozim yo‘q. Ularning barchasi asosiy tarkibda o‘ynashga loyiq futbolchilar. Maydonga tushishdi va qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishdi. "Nasaf"ni yana bir marta qo‘lga kiritilgan 3 ochko bilan tabriklab qolaman.

- Artyom Potapovga nima bo‘ldi? U jamoaning nafaqat darvozaboni, balki, yetakchisi ham. Futbolchilarning boshini qovushtirib turadigan, hakamlar bilan suhbatlashadigan posbon.

- To‘g‘ri sezdingiz, u so‘nggi ikki o‘yinda o‘ynay olmadi. Chunki u jarohat oldi. Barchasi mashg‘ulot jarayonida yuzaga keldi. Hozirda u faol ravishda tuzalish jarayonida. O‘ylashimcha u yaqin vaqtlarda asosiy jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shiladi. Navbatdagi o‘yinda u darvozamizni qo‘riqlashi mumkin. Aziz Isaqov ham yaxshi darvozabon. O‘tgan mavsumda unga juda ko‘p o‘yin amaliyoti berildi. Unga hech qanday e’tirozim yo‘q. Tarkibdagi istalgan futbolchi xato qilishi mumkin. Faqatgina Azizga emas, balki biror futbolchiga ham e’tirozim yo‘q. 


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sergey Arslanov: "Darvozabonga ham futbolchilarimga ham e’tirozim yo‘q"