date

“Andijon” klubida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

“Andijon” klubida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

“Andijon” futbol klubi qarorgohida jamoa rahbariyati va futbolchilar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibidagi tashkiliy masalalar muhokama qilindi va murabbiylar shtabida o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Klub matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, mahalliy mutaxassis Islom Ahmedov vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlandi. U bu lavozimgacha jamoa murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Islom Ahmedov 1986 yil 8 iyulda tug‘ilgan bo‘lib, Andijon futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U futbolchi sifatida “UzDongJu”, Samarqandning “Dinamo”si, “So‘g‘diyona” hamda “Andijon” jamoalari sharafini himoya qilgan.

Murabbiylik faoliyatida esa u ko‘p yillar davomida “Andijon” futbol akademiyasida samarali ish olib borgani bilan tanilgan.

Shu bilan birga, murabbiylar shtabida Islom Ahmedovga Sergey Arslanov yordam beradi. U 1986 yil 6 noyabrda tug‘ilgan bo‘lib, faoliyati davomida “Mashʼal”, “Sho‘rtan”, “UzDongJu” kabi klublarda o‘ynagan.

Arslanov shuningdek “Paxtakor”, “Kuban” (Rossiya) va “Dinamo” (Kiyev, Ukraina) akademiyalarida tajriba orttirgan. U murabbiy sifatida Qirg‘izistonning “Dordoy” klubini boshqargan, keyinchalik yurtimizda “Surxon”, “Neftchi” va “So‘g‘diyona” jamoalarida ishlagan.

Endilikda u “Andijon” klubida katta murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Shuningdek, darvozabonlar murabbiyi sifatida avval U-21 jamoasida ishlagan Bekzod To‘rg‘unov ham asosiy shtabga qo‘shildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Andijon” klubida yangi tayinlovlar amalga oshirildi