O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Krasnodar" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Rossiyaning "Sport Ekspress" nashriga bergan intervyusi chog‘ida, milliy terma jamoa bosh murabbiyi, Osiyo kubogi va mundial haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
– O‘zbekiston terma jamoasini "Alaniya" tarkibida Rossiya chempioni bo‘lgan, bizga yaxshi tanish Mirjalol Qosimov boshqarmoqda. U qanday murabbiy?
– Qosimov juda qattiqqo‘l va talabchan. U O‘zbekistonda katta nufuzga ega.
– Nima uchun Osiyoning ikki karra eng yaxshi o‘yinchisi, o‘zbek futbolining yana bir yulduzi – Server Jeparov Rossiyaga kelmaydi?
– Menimcha, Server Osiyoda o‘ynashni istaydi. U qishda Koreyadagi uchinchi klubiga o‘tdi. Ikki yil Saudiya Arabistonida o‘ynadi. Umuman, bizda hamma futbolchilar ham Evropa va Rossiyada o‘ynashni xohlayvermaydi. Bundan tashqari, Osiyoda juda yaxshi haq to‘lashadi.
– Yaqinda Avstraliyada Osiyo kubogi yakunlandi. Aytingchi, musobaqa qanday o‘tdi?
– Juda qiziqarli, tashkilotchilik joyida, ko‘plab tomoshabinlar, TV orqali sifatli translyasiya... Har bir terma jamoada yorqin futbolchilar bor edi. Faqat bitta minus tomoni – O‘zbekiston terma jamoasi Koreyaga yutqazib, yarim finalga chiqa olmadi. Ammo bizning o‘z muvaffaqiyatlarimiz bor. Bizning o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarimiz Jahon chempionatlarining muntazam ishtirokchilari hisoblanishadi. O‘zbekiston futboli o‘smoqda va futbolchilar yuqori mahoratga ega.
– Ammo terma jamoa Jahon chempionatining final bosqichiga chiqa olmayapti. Nima xalaqit bermoqda?
– Balki, buni butun mamlakat haddan tashqari xohlayotgani uchundir?! Sababini aniq bilmayman. Ba’zan omad ochiqchasiga yuz o‘girmoqda. Ko‘plab ochkolar yig‘yapmiz, ammo guruhda bizdan ham ko‘p ochko jamg‘arganlar topilyapti. Ba’zan Iordaniyaga penaltilarda 8:9ga yutqazamiz, ba’zan FIFA Baxrayn bilan qayta o‘yin belgilaydi.
Biroq biz o‘zimizga ishonishda davom etamiz. Umid qilamanki, jahon chempionati sari navbatdagi urinishimiz omadli bo‘ladi. Biz yozda kurashni boshlaymiz. Agar jamoa mundialga yo‘l olsa, bu O‘zbekiston uchun katta bayram bo‘ladi.
– Agar "Krasnodar" Chempionlar ligasiga chiqsa, Toshkent va sizning Ona shahringiz Namangan buni tomosha qiladimi?
– Albatta. Namangan aniq muxlislik qiladi, umuman, butun O‘zbekiston rus futbolini muntazam diqqat bilan kuzatib boradi.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi