23:34 / 29.08.2023
189

Maksim Shatskix: "Legioner degani doimo maydonga tushishi kerak degani emas"

Maksim Shatskix: "Legioner degani doimo maydonga tushishi kerak degani emas"

Coca Cola Superligasi 18-turi doirasida "Qizilqum" maydonidagi g‘alabadan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskix o‘z fikrlarini bildirdi.

- Ilk navbatda ta’kidlashim kerakki, biz qiyin oyni o‘tkazdik. Unda yetarlicha g‘alabalarni qo‘lga kiritdik. Ikkita tushunarsiz penaltilar bo‘ldi. Ularni ko‘rib chiqamiz. Umuman olganda ilk navbatda natija turadi. Shu sababli ishonch bilan 3 ochkoga ega chiqdik deya olaman. Endi termalar o‘yinlari sababli tanaffusga chiqamiz. Biroz tin olib, navbatdagi janglarga tayyorlanamiz.

- Odil Hamrobekovni bundan buyog‘iga "Paxtakor"ning himoya chizig‘ida ko‘ramizmi?

- Yo‘q, unday emas. Shunchaki bugun uni markaziy himoyada ishlatishni ma’qul ko‘rdik. U o‘z vazifasini yaxshi uddaladi. Pozitsiyasi tayanchda. Markaziy himoyaga yaqin.

- Shahzod Azmiddinov haqida. Zaxiradan tushdi va qizil kartochka oldi.

- U o‘zini yomon his qildi va shu sababli Odilni uning o‘rnida o‘ynatdik.

- Qizil kartochka haqida fikringiz.

- Epizodga qarang. Bosh hakam o‘yinning davom ettirilishini so‘radi. Qanot hakami esa nimanidir ko‘rib qolgandek bo‘ldi. Birinchi bo‘limda u 5 metr yonida to‘p kimdan chiqib ketganini ko‘rmay qolgandi. Biroq 60 metr naryoqdagi qizil kartochkani ko‘rdi. Bularning barchasi ularning vijdoniga havola. Bumerang degan so‘z bor. Hali barchasi qaytadi. Ular "Paxtakor"ni shu tariqa to‘xtatishmoqchi.

- Sizga ko‘p berilgan savol. Legionerlarning maydonga tushishi uchun qancha vaqt kerak? Biz maydonda faqatgina Banashakni ko‘ryapmiz.

- Bir narsani tushuning, legioner degani doimo o‘ynashi kerak degani emas. Barchasi sog‘lom raqobatga bog‘liq. Kim ayni damda kuchli bo‘lsa, o‘sha o‘ynaydi. U legioner bo‘ladimi yoki mahalliy, buning farqi yo‘q. 5 nafar legionerning barchasi o‘ynashi kerak degan gap yo‘q. Sog‘lom raqobatni ham hisobga oling. Mashg‘ulot jarayonlarini kuchaytirganmiz.

- Cheranning almashtirilishi haqida.

- Kechadan oldingi kun uning belida muammo paydo bo‘lgandi. Shu sababli tanaffusda unga buguncha yetarliligini aytdim.

- "Qizilqum" jamoasidan qanday o‘yin kutgandingiz va jamoa qanday o‘ynadi?

- Nimani kutgan bo‘lsak, shuni ko‘rdik. Mustahkam himoya, 4 himoyachi bilan o‘ynashini kutgandik, shunday o‘ynashdi. Ularni qanday ochish kerakligini ham bilgandik. Yetarlicha gollar urdik va yetarlicha vaziyatlar yaratdik. Hatto birinchi bo‘limdayoq o‘yinni yakunlab qo‘yishimiz mumkin edi. O‘yin kutilganidan ko‘ra ertaroq yakunlanardi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: "Legioner degani doimo maydonga tushishi kerak degani emas"