Professional boks tayanch tashkilotlaridan biri bo‘lgan Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) avgust oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi. O‘zbek bokschilari quyidagi o‘rinlarda qayd etilgan:
Super o‘rta vazn (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziyev o‘tgan oydagi 6-o‘rindan 1 pog‘ona pastladi va 7-o‘ringa joylashtirildi,
Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov 1-o‘rin,
Yarim o‘rta vazn (66,6): Shahram G‘iyosov 2-o‘rin,
Super yengil vazn (63,5 kg): Botir Ahmedov o‘tgan oydagi 4-o‘rindan 6-o‘ringa tushdi,
Yarim yengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov 1-o‘rin,
Birinchi yarim yengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev 2-o‘rindan 1-o‘ringa ko‘tarildi,
Minimum vaznda (47,6 kg) qayd etilgan Hasanboy Do‘smatov 2-o‘rinda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar