Foto: «Humo» xokkey klubi
Toshkentning «Humo» xokkey klubi tarixda ilk bor Qozog‘iston kubogini qo‘lga kiritdi.
Turnir finalida «qanotlilar» Ko‘kshetovning «Arlan» klubini qo‘shimcha bo‘limlarda 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Kubok doirasida «Humo» birorta ham mag‘lubiyatga uchramadi va Qozog‘istonning kubogini qo‘lga kiritgan birinchi xorijiy jamoa bo‘ldi.
«Humo» xokkey klubi 2019 yilda professional maqomini olgan. 2022 yilda klub Qozog‘iston chempionatida ishtirok etib, finalgacha yetib bordi va mahalliy «Nomad» klubiga imkoniyatni boy bergandi.
Humo Xokkey KlubiQozog‘iston KubogiToshkent ShahriTarixiy Yutug‘Sport MusobaqasiXorijiy Jamoa O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar