A Seriyaning 3-turidan o‘rin olgan "Bolonya" - "Kalyari" bahsi mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, 22-daqiqada Luvumbu mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 59-daqiqada Zirkzeye hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning 89-daqiqasida Fabbian g‘alaba golini urdi. Shomurodov esa ikkinchi taym boshida o‘yinga qo‘shildi.
Shu tariqa, "Kalyari" turnir jadvalida 18, "Bolonya" esa 14-o‘ringa joylashdi.
Bolonya – Kalyari 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 22 Luvumbu, 1:1 – 59 Zirkzeye, 2:1 – 89 Fabbian.
Bolonya – Skorupski, Posh (De Silvestri, 83), Lukumi, Bekema, Kristiansen, Moro (Urbanski, 67), Ebisher (El-Azzuzi, 84), Fergyuson, Karlsson (Fabbian, 87), Ndoye (Orsolini, 67), Zirkzeye.
Kalyari – Radunovich, Dzappa (Oristanio, 67), Veteska, Dossena, Audjello (Atssi, 71), Nandes (Di Pardo, 46), Yankto (Deyola, 66), Makumbu, Sulemana, Luvumbu, Petanya (Shomurodov, 46).
Ogohlantirishlar: Fergyuson (40), Sulemana (70), Makumbu (90).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!