21:03 / 06.09.2023
426

U-23 Osiyo kubogi saralashi. Norchayev xet-trik qilgan o‘yinda O‘zbekiston Afg‘onistonni yanchib tashladi!

U-23 Osiyo kubogi saralashi. Norchayev xet-trik qilgan o‘yinda O‘zbekiston Afg‘onistonni yanchib tashladi!

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash bosqichi 1-turi doirasida O‘zbekiston - Afg‘oniston o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz o‘ta yirik 8:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Hamyurtlarimiz safida gollarni Norchayev (xet-trik), Jaloliddinov (dubl), Davronov, Odilov va Hamraliyev mualliflik qildi. Raqibning yagona goli Husayn Zamoni nomiga qayd etildi.

Shu tariqa, olimpiyachilarimiz ilk turdagi dahshatli g‘alaba evaziga turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi. Navbatdagi 2-tur o‘yini 9 sentyabr kuni 19:00 da Gongkong termasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

U-23 Osiyo Kubogi saralashi

O‘zbekiston - Afg‘oniston 8:1

Gollar: 1:0 — 12, Jasur Jaloliddinov, 2:0 — 36, Alibek Davronov, 2:1 — 42, Husayn Zamani, 3:1 — 48, Husayn Norchayev, 4:1 — 52, Husayn Norchayev, 5:1 — 54, Jasur Jaloliddinov, 6:1 — 86, Husayn Norchayev, 7:1 — 88, Alisher Odilov, 8:1 — 90, Muhammadqodir Hamraliyev.

O‘zbekiston: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov (3. Abduqodir Husanov, 57), 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Xojimat Erkinov, 9. Ulugbek Hoshimov (22. Alisher Odilov, 82), 10. Jasur Jaloliddinov, 13. Mahmud Mahamadjonov (6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 57), 17. Diyor Xolmatov (19. Husayn Norchayev, 46), 18. Alibek Davronov, 20 Ruslan Jiyanov (14. Abbosbek Fayzullayev, 46), 23. Abdurauf Bo‘riyev.
Zaxira: 4. Odil Abdumajidov, 8. Ibrohim Ibragimov, 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 15. Umarali Rahmonaliyev, 16. Asadbek Rahimjonov, 21. Hamidullo Abdunabiyev.

Afg‘oniston: 1. Faysal Sayid Xil, 2. Xashmat, 3. Nosir Ahmadi, 4. Yama, 5. Ali Bosit Nazari (s), 6. Hamid Amiri, 8. Tariq, 10. Suhrob, 11. Nematulloh Karimi, 14. Hamid Norozi, 20. Husayn Zamani, 21. Omid Musavi.
Zaxira: 7. Nasibulloh Ahadi, 9. Hatam Shir Del, 12. Halil Tojik, 13. Ali Rizo Mayel, 15. Farid Muhammadi, 16. Omidulloh, 17. Murtazo Katebi, 18. Moshtaq, 19. Ubaydulloh, 20. Hussayin Zamani, 22. Abdul Musavir Attai, 23. Mahmud.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-23 Osiyo kubogi saralashi. Norchayev xet-trik qilgan o‘yinda O‘zbekiston Afg‘onistonni yanchib tashladi!