23:16 / 09.09.2023
127

Ruslanbek Jiyanov: “Bugungi raqiblarimiz ikkinchi bo‘limda charchab qolgandek tuyildi”

Ruslanbek Jiyanov: “Bugungi raqiblarimiz ikkinchi bo‘limda charchab qolgandek tuyildi”

U-23 Osiyo Kubogi saralashi 2-turi doirasidagi Gonkong – O‘zbekiston uchrashuvidan (0:10) so‘ng Ruslanbek Jiyanov bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Buguni o‘yin avvalida jamoamiz bosh murabbiyi raqib zich himoyalanishini va biz ularning himoyasidan qanday o‘tib ketishimiz haqida gapirdilar. O‘yinda ham ko‘rdinglar raqiblar zich himoyalanishga harakat qildi. Gonkong ham Afg‘oniston kabi agressiv o‘yin ko‘rsatishga harakat qildi. Biroq bugungi raqiblarimiz ikkinchi bo‘limda charchab qolgandek tuyildi.

Eronga qarshi bahs haqida... O‘zbekiston har bir uchrashuvda g‘alaba uchun harakat qilamiz. Xudo xohlasa, uchinchi turda ham g‘alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilamiz.

Rossiyadagi faoliyati haqida... Xudo xohlasa hammasi yaxshilikka deb o‘ylayman. Barcha qiyinchiliklarning ortida yaxshi kunlar ham bo‘ladi deganidek, biz ishlashda davom etamiz. Rossiya futbolida asosan kuchga asoslangan ekan. U yerda jismonan yaxshi holatda bo‘lish lozim.

Fursatdan foydalanib, shu darajaga chiqishim uchun har bir murabbiyimga minnatdorchilik bildiraman. Birinchi navbatda bolalikdagi murabbiyim Stansilav Petrovich va yordamchilariga rahmat aytaman. Keyin katta futbolga kirishimiz uchun ko‘mak bergan Timur Kapadzega o‘z minnatdorchiligimni bildiraman" - deydi Jiyanov.

Nig‘monxo‘ja Nozimov suhbatlashdi


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ruslanbek Jiyanov: “Bugungi raqiblarimiz ikkinchi bo‘limda charchab qolgandek tuyildi”