23:19 / 09.09.2023
106

Umarali Rahmonaliyev: "Gonkongning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib chiqqan edik"

Umarali Rahmonaliyev: "Gonkongning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib chiqqan edik"

U-23 Osiyo Kubogi saralashi 2-turi doirasidagi Gonkong – O‘zbekiston uchrashuvidan (0:10) so‘ng Umarali Rahmonaliyev bahs haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Umarali Rahmonaliyev: "Bizni maydondan, uydan qo‘llab-quvvatlaganlarga rahmat aytamiz. Qanday hisob bo‘lishidan qat’iy nazar, hayolimizda 0:0 deb o‘yladik. Maksimal yirik hisobda g‘alaba qozonishga intildik. Navbatdagi bahs Eron bilan. Ushbu uchrashuvdan oldin maksimal natijaga erishishni xohladik".

- Murabbiylar tomonidan hisobni o‘ta yirik ko‘rinishga keltirish borasida ko‘rsatmalar berildimi?

- Raqibni yaxshi o‘rganib chiqqan edik. Bahsgacha Gonkongning kuchli va kuchsiz tomonlarini ko‘rib, ularning kuchsiz tomoniga zarba berishga urindik.

- Eronga qarshi bahs oson bo‘lmaydi...

- Eronga qarshi uchrashuvlar doimo qiyin bo‘lgan. Biz faqat g‘alaba maqsadida maydonga tushamiz.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umarali Rahmonaliyev: "Gonkongning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib chiqqan edik"